Uzbek
info@qizilqumgeo.uz
E-mail
+99879 577-83-05
Telefon
+99879 577-83-05
Faks

JAMIYAT TARIXI

1940 yil dekabrda Oltin bo‘yicha 1-Markaziy Osiyo geologik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Viloyat istiqboliga A.V.Korolev alohida e’tibor qaratdi va konferensiyada istiqbolli hududlarda, shu jumladan Qizilqumda qidiruv ishlarini boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shunday qilib, Qizilqum cho‘lining geologik rivojlanishi uchun katta mablag‘ ajratildi. Geofizik va geokimyoviy usullardan foydalangan holda olib borilgan dastlabki qidiruv ishlari natijasida tarkibida oltin miqdori yuqori bo‘lgan bir qator ma’dan punktlari aniqlandi.

Keyinchalik 1958 yilda olib borilgan qidiruv ishlarining keyingi bosqichlarida Muruntog‘ koni hududida kanavalar yordamida tarkibida oltin bo‘lgan birinchi kvars tanalari ochilishi, bu ishning tez burilishiga yordam berdi.

Muruntog‘ koni qidirib topilgandan va ishga tushirilgandan so‘ng, geologlar Qizilqum cho‘lining boshqa hududlarida qidiruv, geologik tadqiqot va tematik ishlarni jadal davom ettirdilar.

50 yillarning oxiri va 60 yillarning boshlarida olib borilgan qidiruv ishlari natijasida Kokpatas oltin rudasi koni aniqlandi.(R.L.Tsoy, X.R.Raxmatullaev, Yu.F.Finkelshteyn va boshqalar.)  va Beltog‘ tepaligi ichida Daugiztog‘ oltin rudasi obьekti (E.L.Spiridonov, A.V.Kurbanov, N.I.Krilov va boshqalar.)  Visokovoltiy (N.I.Krilov, V.A. Pazdzerskiy, E.P.Misheryakov) oltin kumush obьektlari aniqlangan.

Kokpatas va Daugiztog‘ oltin maьdanli konlari Muruntog‘dan farqli o‘laroq, oltin-sulfid, margimush minerallashtirish turidan o‘lchami jihatidan ancha kichik bo‘lgan. Biroq razvedka ishlari shuni ko‘rsatdiki, Muruntog‘ singari ular ham sanoat ahamiyatiga  ega bo‘lgan toshlarning massalarida joylashgan  katta hajmdagi  oltin mineralizatsiyasining vakillari hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 noyabrdagi “Neft va gaz geologiya qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidag”gi PQ-4522-sonli qaroriga ko‘ra “QIZILQUMGEOLOGIYA” aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Korxona 3 ta tarkibiy, ya’ni Kokpatas, Daugiztau va Qizilqum dala geologiya qidiruv ekspeditsiyalari bo‘linmalaridan iborat bo‘lib, Bukantau, Auminza-Beltau, Tamditau va Kuldjuktau massivlari hududidagi Respublikamizdning yirik korxonalardan biri Navoiy tog‘ metallurgiya kombinatini mineral resurslar bazasini kengaytirish, Qizilqum hududida tarqalgan foydali qazilma boyliklarini izlab topish maqsadida geologiya qidiruv ishlarini bajarib kelmoqda.

Kokpatas dala geologiya kidiruv ekspedetsiyasi 1958 yilda Navoiy viloyati Uchquduq tuman Bukantau tog‘ tizmalarida geologiya kidiruv ishlarini boshlagan. Juda ko‘p oltin konlarini izlab topgan va oltin zahiralarini aniqlab Navoiy KMK Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli 3-Gidrometallurgiya zavodini tarkibida oltin bo‘lgan er osti qazilma boyliklari bilan ta’minlab kelyapti.

Daugiztau dala geologiya kidiruv ekspeditsiyasi 1962 yilda Navoiy viloyati Konimex tuman Auminzatau Amantaytau Kuldjuktau tog‘ tizmalarida geologiya qidiruv ishlarini boshlab qimmatbaxo metallar ma’danlar konlarini izlab topish va oltin zahiralarini aniqlab Navoiy KMK Shimoliy kon boshkarmasiga karashli 3 va 5-Gidrometallurgiya zavodlarini tarkibida oltin bo‘lgan er osti qazilma boyliklari bilan ta’minlab kelyapti.

Qizilqum dala geologiya qidiruv ekspedetsiyasi 1954 yilda Navoiy viloyati Tomdi tuman Tomditau, tog‘ tizmalarida geologiya qidiruv ishlarini boshlagan. Juda ko‘p qimmatbaho metallar ma’danlari konlarini izlab topgan va oltin zaxiralarini aniklab Navoiy KMK Markaziy kon boshkarmasiga karashli 2-Gidrometallurgiya zavodini tarkibida oltin bulgan er osti kazilma boyliklari bilan ta’minlab kelyapti

Oxirgi yillarda korxona tomonidan ko‘plab oltin konlari Chuqurquduq, Myutenbay, Turbay, Okjetpes, Besapantau, Qumtosh, Joldas, Jasaul konlari topildi va Respublikamizning mineral-xomashyo bazasi yanada kengaytirildi.