Uzbek
info@qizilqumgeo.uz
E-mail
+99879 577-83-05
Telefon
+99879 577-83-05
Faks

JAMIYAT HAQIDA

Korxonaning to‘liq va qisqartirilgan nomi –  “QIZILQUMGEOLOGIYA” aksiyadorlik jamiyati. “QIZILQUMGEOLOGIYA” AJ.

Tashkiliy-huquqiy shakli – 153

Faoliyat turi – 71120

Tarmoq

YUridik manzili – Navoiy viloyati Zarafshon shahar Muruntog‘ qurg‘oni.

Ustav kapitali – 158 639 558.0 ming sum.

CHiqarilgan aksiyalari – 1 586 395 580 dona.

Statistik tasniflari ()

STIR – 305 413 770

Hisob raqami va xizmat ko‘rsatuvchi banki – 2020 8000 2008 6082 1001

ATB Xamkorbank Samarkand filiali.

Jamiyatning joylashgan joyi.

“Qizilqumgeologiya” Aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati Zarafshon shahri Muruntog‘ qurg‘onida joylashgan bo‘lib u Respublikamiz markazidan 700 km uzoqlikda, Navoiy viloyati markazidan 200 km uzoqlikda, Zarafshon shaxridan 40 km, temir yul tarmog‘idan 4 km Navoiy-Uchquduq magistral yo‘lining 180 kilometridan  20 km uzoqlikdagi masofada joylashgan.

Jamiyatning faoliyati va maqsadi.

Jamiyat asosan Bukantau, Auminzatau, Amantaytau, Tomditau, Kuldjuktau tog‘ regionlarida qimmatbaho metallar ma’danlariga geologik kidiruv ishlari (burg‘ilash ishlari, er osti va er usti lahm ishlari, laborator tahlil, transport xizmati va boshqalar)ni va ushbu ishlarga loyixa smeta hujjatlarini ishlab chiqishni amalga oshiradi:

  • geologiya-qidiruv ishlarini samaradorligini va natijadorligini oshirish, foydali qazilmalar zahiralari o‘sishini hamda joylarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilishni hisobga olgan holda iqtisodiyot sohalarining mineral-xomashyo negizini takror ishlab chiqarishni ta’minlash;
  • rangli va qimmatbaho metallar hamda ularga qo‘shilib chiqadigan foydali qazilmalarni qazib olish uchun geologiya – qidiruv ishlarini bosqichma-bosqich (izlash, baholash va qidirish) olib borish;
  • sifati va yotish sharoitlari jihatidan sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali qazilmalar konlarini va belgilarini topish;
  • foydali qazilma konlarini sanoatda o‘zlashtirish uchun taqdim etilishini tezlashtirish, ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni berish;
  • tog‘ jinslari va ashyolarni, materiallarni fizika – mexanik laboratoriya sinovlaridan o‘tkazish, elektro-texnika uskuna va vositalarni laboratoriya sinovlaridan o‘tkazish;
  • foydali qazilma konlarini izlash va qidirib chamalash uslubiyotini hamda geologiya – qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasini takomillashtirishga doir takliflar kiritish;
  • belgilangan tartibda burg‘ilash, konchilik, laboratoriya tahlillari, topografik – geodezik, marksheyderlik va xaritalash ishlarini olib borish;
  • ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi, yong‘in va yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari, sanitariya va ekologik me’yorlar borasida belgilangan talablarga rioya etilishini ta’minlash;
  • atrof muhitni muhofaza qilish, erlarni rekulьtivatsiyalash bo‘yicha chora – tadbirlarni amalga oshirish;
  • er osti boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, shuningdek er osti boyliklarini geologik jihatdan o‘rganishga oid asosiy talablarga rioya qilish;
  • foydali qazilmalarni asossiz ravishda yo‘qotilishi va ular sifatining pasayib ketishiga barham beruvchi usullar yordamida geologiya – qidiruv ishlarini olib boradi;
  • samarali kadrlar siyosatini yurish, kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
  • avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish shahobchalarini tashkil etish va ta’mirlash ishlarini olib borish;
  • maishiy texnik vositalariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini olib borish;
  • maxsus litsenziyalar asosida O‘zbekiston Respublikasida avtotransport vositalarida yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatish;
  • yul qurilish texnikalari bilan litsenziyalar asosida yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat kursatish;
  • qurilish materiallari (oxak, shebenь va boshkalar) ishlab chiqaruvchi kichikssexlarni tashkil etish va aholiga sifatli qurilish materiallari etkazib berish;
  • viloyat zahira erlaridan olib qishloq ho‘jalik mahsulotlari etishtirish va aholini ta’minlash;
  • davlat sirini tashkil qiluvchi maxfiylik tartibini va ma’lumotlarini saqlanishini ta’minlashga doir chora – tadbirlarni amalga oshirish, tijorat sirini tashkil qiluvchi ma’lumotlar tarkibi, hajmi va ularni muhofazalash tartibini belgilash;