Uzbek
info@qizilqumgeo.uz
E-mail
+99879 577-83-05
Telefon
+99879 577-83-05
Faks

“Qizilqumgeologiya” AJ Ichki auditiga tanlov!

O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son qaroriga muvofiq “Qizilqumgeologiya” aksiyadorlik jamiyati Ichki audit vazifasiga tanlov e’lon qiladi.

Nomzodlarga talablar:

  1. Jamiyat Ichki auditiga qo‘yiladigan talablar:

Ichki audit xizmati xodimlari oxirgi o‘n yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy (shu jumladan o‘rindoshlik bo‘yicha) ish stajiga ega bo‘lishi;

  1. Auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lishi;
  2. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida, yoxud O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat ta’lim muassasasida olingan oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lishi.

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar diqqatiga!

Tanlov nomzodlarining hujjatlari “Qizilqumgeologiya” aksiyadorlik jamiyatining Korporativ munosobatlar bo‘limida qabul qilinadi. Hujjatlar 2021 yil 25 fevraldan 01 aprelgacha qabul qilinadi.

Bizning manzil: Zarafshon shahri, Muruntov qo‘rg‘oni. Telefon: (94) 673-62-28.

“Qizilqumgeologiya” AJ ma’muriyati.