Uzbek
info@qizilqumgeo.uz
E-mail
+99879 577-83-05
Telefon
+99879 577-83-05
Faks

“Qizilqumgeologiya” AJ Ijro organi tarkibiga tanlov!

O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq “Qizilqumgeologiya” aksiyadorlik jamiyati Ijro organiga nomzodlar tanlovini o‘tkazilayotganini ma’lum qiladi. Jamiyatning Ijro organi besh  kishidan iborat bo‘lib, ular: jamiyat direktori,  direktorning birinchi o‘rinbosari – bosh geolog, direktor o‘rinbosari – bosh muhandis, bosh hisobchi hamda moliyalashtirish va iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘idir.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  1. Aksiyadorlik jamiyati direktori lavozimiga qo‘yiladigan talablar:

– geologiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

– geologiya sohasida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lishi;

– rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi;

– zamonaviy korporativ boshqaruv qobiliyatiga ega bo‘lishi;

– Davlat tilida ish yurita olishi, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi shart.

  1. Aksiyadorlik jamiyati direktorining birinchi o‘rinbosari – bosh geolog lavozimiga qo‘yiladigan talablar:

– geologiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

– geologiya sohasida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lishi;

– zamonaviy korporativ boshqaruv qobiliyatiga ega bo‘lishi;

– o‘z mutaxassisligi bo‘yicha etarlicha bilim va saviyaga ega bo‘lishi;

– Davlat tilida ish yurita olishi, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi shart.

  1. Aksiyadorlik jamiyati direktorining direktor o‘rinbosari – bosh muhandis lavozimiga qo‘yiladigan talablar:

– geologiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

– geologiya sohasida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lishi;

– zamonaviy korporativ boshqaruv qobiliyatiga ega bo‘lishi;

– o‘z mutaxassisligi bo‘yicha etarlicha bilim va saviyaga ega bo‘lishi;

– Davlat tilida ish yurita olishi, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi shart.

  1. Bosh hisobchi lavozimiga qo‘yiladigan talablar:

– iqtisod mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

– buxgalteriya sohalarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lishi;

– zamonaviy korporativ boshqaruv va zamonaviy internet uskunalaridan foydalana olish qobiliyatiga ega bo‘lishi;

– buxgalteriya bo‘yicha xalqaro standartda ishlash borasida ruxsat beruvchi sertifikatga ega bo‘lishi;

– Davlat tilida ish yurita olishi, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi shart.

  1. Moliyalashtirish va iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i lavozimiga qo‘yiladigan talablar:

– moliya-iqtisod mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

– moliya-iqtisod sohasida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lishi;

– zamonaviy korporativ boshqaruv va zamonaviy internet uskunalaridan foydalana olish qobiliyatiga ega bo‘lishi;

– buxgalteriya bo‘yicha xalqaro standartda ishlash borasida ro‘xsat beruvchi sertifikatga ega bo‘lishi;

– Davlat tilida ish yurita olishi, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi shart.

Quyidagi shaxslar nomzod bo‘lishi mumkin emas:

– tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan;

– geologiya sohasida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lmagan (rahbarlik lavozimlari uchun);

– Aksiyadorli jamiyatining Ijro organi rahbari bo‘lgan, yuridik shaxsning ta’sischisi yoki uning kollegial ijro organi a’zosi bo‘lgan davrda ushbu shaxsning aybi bilan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi uchun ushbu litsenziya bekor qilinganligiga uch yil to‘lmagan shaxslar;

– iqtisodiy va boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlari uchun tugallanmagan sudlanganligi mavjud shaxslar;

– bankrot deb topilgan yuridik shaxsning o‘sha davrdagi Ijro organi rahbari yoki uning kollegial Ijro organi a’zosi bo‘lganiga ikki yil to‘lmagan shaxslar;

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar diqqatiga!

Tanlov uchun nomzodlarning hujjatlari “Qizilqumgeologiya” aksiyadorlik jamiyatining Korporativ munosabatlar bo‘limida qabul qilinadi. Hujjatlar 2021 yil 25 fevraldan 12 martgacha qabul qilinadi.

Bizning manzil: Zarafshon shahri, Muruntov qo‘rg‘oni. Telefon: (94) 673-62-28.

 

                                                 “Qizilqumgeologiya” AJ ma’muriyati.